Biz bilan bo’glanish
+998-76-221-33-77
13.02.2025 08:50
O‘zbekistonda may oyidan «Toza qo‘llar» dasturi boshlanadi. Barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylari jihozlanishi, jamoat hojatxonalari va umumiy ovqatlanish punktlari sovun hamda antiseptik bilan ta’minlanishi, sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash dasturi qabul qilinishi kerak.
O‘zbekistonda 1 maydan aholi, ayniqsa, yosh avlod vakillarining sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «Toza qo‘llar» dasturini amalga oshirish boshlanadi. Bu prezidentning 30 yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan, «O‘zbekiston-2030» strategiyasini «Atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil iqtisodiyot» yili (2025)da amalga oshirishga oid davlat dasturida ko‘zda tutilgan.
«Toza qo‘llar» dasturi barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlashi kerak.
Bundan tashqari, sanitariya-gigiyena xonalari (hojatxonalar, dush va boshqalar)ning texnik holatini yaxshilash choralari ko‘rilishi, barcha qurilayotgan yangi muassasalarda esa ular binolarning ichki qismida joylashtirilishi kerak.
Ushbu muassasalar yil davomida birinchi navbatda qo‘l yuvish va antiseptik vositalarni xarid qilishni nazarda tutishni rejalashtirishlari kerak.
Shuningdek, may oyidan boshlab barcha turdagi jamoat sanitariya-gigiyena shoxobchalari va umumiy ovqatlanish tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar joriy etiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, zarur hollarda, birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning asoslantirilgan hisob-kitoblari asosida yil davomida byudjet tashkilotlariga qarorda nazarda tutilgan tadbirlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish topshirildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga bir oy muddatda mazkur muassasalarda sanitariya-gigiyena holatini saqlash uchun mablag‘lar ajratish normativlarini qayta ko‘rib chiqish va ularning amalda bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga 1 avgustga qadar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va BMTning xalqaro ekspertlarini jalb qilgan holda respublikaning barcha ijtimoiy soha muassasalarida, jumladan, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘yidagi sanitariya-gigiyena shoxobchalarida sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash dasturini ishlab chiqish va hukumatga kiritish vazifasi qo‘yildi.
So’ngi yangiliklar
Haftaning har juma kunida milliy liboslarda ish faoliyatini olib boris......
Surxondaryo viloyat hokimligining 132-8-0-Q/25 sonli qaror ijrosini taminlash hamda milliylikni saqlash va milliy qadriyatlar......
Yangiliklar | 08.08.2025 03:05
Termiz shahar sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatl......
Termiz shahar sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi hodimlari tomonidan shahardagi Jayxun M......
Yangiliklar | 02.07.2025 03:00
Kattaboģ MFY aholisi o'rtasida ovqatdan zaharlanishni oldini olish boy......
Termiz shahar sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi hodimlari tomonidan yangicha mahallabay......
Yangiliklar | 02.09.2025 11:05
Termiz shahrida joylashgan "YASHIL DUNYO " markaziy dehqon va oziq ovq......
Termiz shahar sanepid xodimlari tomonidan Termiz shahrida joylashgan "YASHIL DUNYO " markaziy dehqon va oziq ovqat......
Yangiliklar | 12.09.2025 10:55